Линклар

Qutqaruvchilar Tayvan janubidagi Taynan shahrida shanba kungi zilzilada qulamish 17 qavatli uy vayronalari ostida qolgan yuzga yaqin kishini qidirish bo‘yicha amaliyotni davom ettirmoqda. Taynan meri odamlarning ko‘pi qulagan binoning quyi qismida qolib ketganini aytgan.

Hozirgacha 200 dan ziyod odam qutqarilgan, 32 kishining esa nobud bo‘lgani tasdiqlangan.

6 fevral kuni Taynanda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,4 ballni tashkil qilgan. Tabiiy ofat tufayli 500 chog‘li kishi jabrlangan.

Tayvan mudofaa vazirining bildirishicha, zilzila chog‘ida uyda odatdagidan ko‘ra ko‘proq odam bo‘lgan, chunki aksar oilalar bu paytda Xitoy yangi yilini qutlash uchun yig‘ilganlar.

Hozirda uyni qurgan quruvchilarga nisbatan tekshiruv boshlangan.

XS
SM
MD
LG