Линклар

logo-print

O‘zbekiston va Braziliya hukumatlari o‘rtasida qishloq xo‘jalik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur kelishuv 2009 yilning 28 may kuni prezident Islom Karimovning Braziliyaga safari davomida imzolangan.

Hujjat nega oradan yetti yil o‘tib kuchga kirgani aniqlashtirilmagan xabarnomada aytilishicha, Kelishuvga binoan tomonlar qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida hamkorlikni amalga oshirishi, chorvadorlikni rivojlantirish, biologik yonilg‘i uchun xom ashyo, sut mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va yer zahiralarini boshqari, genetika va biotexnologiya sohalarida o‘zaro yordamni rag‘batlantirishi ko‘zda tutilgan.

Braziliya qishloq xo‘jalik va chorvadorlik sohalari tarixan juda rivojlangan. O‘tgan asrning 70-yillaridan esa biologik yonilg‘i ishlab chiqarish dasturi tadbiq etila boshlagan va bugungi kunda Braziliya etanol yonilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.

XS
SM
MD
LG