Линклар

Rasmiy Pxenyan ballistik raketa uchirishidan bir kun o‘tib, Janubiy Koreya o‘z suv havzalariga qisqa vaqtga kirgan Shimoliy Koreya kemasini o‘qqa tutdi.

8 fevral kungi hodisa Koreya yarim orolida vaziyat taranglashga paytda ro‘y berdi. Bir kun avval Shimoliy Koreya yer oldi orbitaga sun’iy yo‘ldoshni olib chiqqan raketani uchirishi ortidan Pxenyanning yadroviy dasturiga doir muammo yana kun tartibiga chiqdi.

Janubiy Koreya, Yaponiya va Qo‘shma Shtatlar sun’iy yo‘ldosh uchirish bahonasida ballistik raketa sinovi o‘tkazilgani va bu BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzishini aytmoqda.

7 fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilgani favqulodda yig‘in o‘tkazdi. Shimoliy Koreya harakatlarini keskin qoralagan kengash vakillari “jiddiy” yangi sanktsiyalarni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya qabul qilinishini bildirdilar.

Qo‘shma bayonotni Pxenyanning ittifoqchisi hisoblangan Xitoy va kengashning qolgan 14 a’zosi bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer Shimoliy Koreyaga qarshi rezolyutsiya tezroq qabul qilinishi va Pxenyan shu paytgacha kutmagan “misli ko‘rilmagan choralar”ni o‘z ichiga olishi lozim, deya bayon qildi.

Yaponiya vakili Motoxayd Yoshikava ham “joriy sanksiyalar Shimoliy Koreyani yadroviy qurol ishlab chiqarishdan to‘xtamaganini” ta’kidlab, keskinroq choralar ko‘rilishiga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG