Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:31

Angela Merkel qochqinlar masalasini muzokara qilgani Anqaraga keldi


Suriya hukumat kuchlarining Rossiya yordamida Allepo shahrida hujumlar ko‘lamini oshirishi oqibatida minglab qochqinlar Turkiya chegarasi tomon yopirilmoqda.

Turkiya ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat qochqinlarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Lekin Anqara mamlakat chegaralarini yopib qo‘ygan.

Gumanitar yordam tashkilotlari “vaziyat” ayanchli tus olayotganidan ogohlantirmoqda.

Ayni paytda, Germaniya Kantsleri Angela Merkel Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on va Bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘li bilan muzokara qilgani 8 fevralь kuni Anqaraga etib keldi.

Yevropa Ittifoqi Anqara qochqinlar uchun o‘z chegaralarini ochiq qoldirishi lozim, demoqda. Lekin shu bilan birgalikda Turkiya G‘arbiy Yevropaga qochqinlar oqimini to‘xtatishi borasida ham bosim o‘tkazadi.

Qochqinlarning aksari Yevropaga Turkiya orqali o‘tmoqda. Bryussel qochqinlar oqimini to‘xtatishda yordam berish evaziga Anqaraga 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam va’da qilgan.

XS
SM
MD
LG