Линклар

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yekaterinburg shahrida “Islomiy davlat” ekstremist tashkilotining yetti a’zosi qo‘lga olinganini aytmoqda.

FSB rasmiylariga ko‘ra, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolaridan iborat guruh 7 fevral kuni hibsga olingan. Ular “Moskva, Sankt Peterburg va Sverdlovsk viloyati hududida qo‘lbola portlovchi moslamalar yordamida yirik terrorchilik xurujlarini” amalga oshirishni rejalashtirishgan, deya bildirdi FSB.

Rasmiylarning yana aytishlaricha, maxsus operatsiya davomida portlovchi moslamalar yasashga mo‘ljallangan laboratoriya ham aniqlangan. Guruhga Rossiyaga Turkiyadan kelgan IShID jangarisi boshchilik qilgan va ular Rossiyada terrorchi hujumini amalga oshirgach Suriyadagi IShID guruhiga qo‘shilishni niyat qilishgan, deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy bayonotda.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Suriyadagi “Islomiy davlat” guruhiga taxminan 3000 nafar Rossiya fuqarosi qo‘shilgan.

XS
SM
MD
LG