Линклар

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakat boshdan kechirayotgan moliyaviy va iqtisodiy bo‘hron, xususan qiyin ahvolda qolgan bank sektori masalasini muhokama qilgani hukumat mulozimlari va banklar rahbarlarini majlisga chaqirtirdi.

8 fevral kungi yig‘inda, bosh vazir birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov, moliya vaziri Anton Siluanov, iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Uyukaev va markaziy bank raisi Elvira Nabiulinalarning qatnashishi kutilmoqda. Rossiyaning qator yirik banklari raislari ham yig‘inga taklif etilgan.

Kun tartibidan Rossiya ipoteka bozorini qo‘llab-quvvatlash, jumladan xorijiy valyutada berilgan kreditlarni restrukturizatsiya qilish masalasi o‘rin olgan.

6 fevral kuni Medvedev iqtidordagi “Yedinaya Rossiya” partiyasi qurultoyida ipotekalarni subsidiyalash taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Medvedev mazkur taklif “byudjet xarajatlarining kattagina qismini” jalb etishini e’tirof etishini ta’kidladi.

Yanvar oyida Ulyukaev jahon bozorida neft narxining tushishi oqibatlarini yumshatish uchun Rossiya davlat banklari aktivlarini sotish masalasini ko‘rib chiqishi lozim, deya bayon qilgan edi.

Neftь narxlarining tushishi va Ukraina bo‘hroni bilan bog‘liq xalqaro sanktsiyalar Rossiya iqtisodini retsessiyaga uloqtirib yubordi.

XS
SM
MD
LG