Линклар

Pentagon Shimoliy Koreya tomonidan tobora kuchayib borayotgan tahdidga qarshi turish uchun AQSh Janubiy Koreyada raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish haqida Seul bilan yaqin orada muzokara boshlashini tasdiqladi.

Yakshanbaga o‘tar kechasi Pxenyan tomonidan ballistik raketa uchirilganidan keyin Vashington va Seul Janubiy Koreyada o‘rta masofali raketalarni urib tushiruvchi raketaga qarshi kompleksni joylashtirish bo‘yicha muhokama boshlash haqida e’lon qilgandilar.

7 fevral kuni o‘tkazilgan oshig‘ich majlisida BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilishini keskin qoralagan va Pxenyanga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan yangi rezolyutsiya hozirlanishini ochiqlagandi.

Bu qaror Xavfsizlik kengashining 15 a’zosi, shu jumladan, Shimoliy Koreyaning ittifoqchisi bo‘lgan Xitoy tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.

XS
SM
MD
LG