Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:11

Bir guruh toshkentliklar daraxtlar kesilishi yuzasidan hukumatga shikoyat kiritdi


Bir guruh toshkentliklar shaharda azim daraxtlarning kesilishidan norozilik bildirib O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga shikoyatnoma kiritdi.

Qirqdan ziyod odam imzolagan maktubda daraxtlarning kesilishi shaharning tashqi ko‘rinishi va ekologik holatini buzayotgani haqida havotir bildiriladi.

"Shahar ko‘chalari yalang‘ochlanib qolmoqda, odamlar issiqda oftobning jaziramasida yurishga majbur bo‘lmoqdalar”, - deyiladi 8 fevral kuni Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan maktubda.

Hozircha Vazirlar Mahkamasi mulozimlaridan maktubga munosabat bildirilmadi.

Poytaxt Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida daraxtlarni ommaviy tarzda kesish bir necha yillardan beri davom etmoqda.

2009 yilda Toshkentning Amir Temur hiyobonidagi 100 yillik chinorlar kesilishi katta janjalga sabab bo‘lgandi.

O‘shanda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiyatini qo‘mita bilan umuman maslahatlashmasdan daraxtlarni kesishda ayblab chiqqandi.

Kesilayotgan daraxtlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda, lekin hech kim buning uchun shu paytgacha javobgarlikka tortilmagan.

XS
SM
MD
LG