Линклар

Tojikistonda Islom uyg‘onish partiyasi a’zolari ustidan mahkama boshlandi.

Dushanbe shahridagi Oliy sud binosida o‘tayotgan mahkamaga partiyaning 13 a’zosi keltirildi.

Ularning hammasi "terrorizm", "jinoiy guruh tuzish", "konstitutsion tuzumga tajovvuz" va "hokimiyatni ag‘darishga urinish" kabi qator jinoyatlarda ayblanmoqdalar.

Mahkama yopiq tarzda o‘tmoqda. O‘tgan yil avgust oyida Tojikiston Oliy sudi Markaziy Osiyoda ro‘yxatga olingan yagona partiya Islom uyg‘onish partiyasi faoliyatini taqiqlagan edi.

Partiya lideri Muhiddin Kabiriy xorijga chiqib ketishga majbur bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG