Линклар

logo-print

Suriyada “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro xayriya tashkiloti kasalxonasi bombalanishi natijasida uch kishi nobud bo‘ldi, olti kishi yaralandi.

Tashkilot bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, havo zarbasi Iordaniya bilan chegaradosh Tafas shahridagi dala shifoxonasiga berilgan.

Havo zarbasi kim tomonidan berilgani ma’lum emas. So‘nggi paytlarda bu hududda Suriya hukumat kuchlari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida hujumlar uyushtirib kelayotgandilar.

“Chegara bilmas shifokorlar” bayonotida havo hujumi 5 fevral kuni sodir bo‘lgani va kasalxona binosiga qisman shikast yetkazib, oshig‘ich yordam punktini ishdan chiqargani aytiladi.

Havo zarbalaridan keyin 20 mingdan ziyod tafaslik uy-joyini tashlab qochishga majbur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG