Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:56

Germaniya: poezd to‘qnashuvida nobud bo‘lgan kishilar soni 10 nafarga yetdi


Germaniya janubidagi Bavariyada yo‘lovchi poezdlari to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan kishilar soni 10 nafarga yetdi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki poezd to‘qnashuvi chog‘ida 150 kishi jarohatlangan, ulardan 50 nafarining ahvoli og‘ir.

Poezdlar halokatiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Germaniya transport vaziri Aleksander Dobrindt taxminicha, fojiaga tormoz tizimining ishdan chiqqani sabab bo‘lishi mumkin.

Nemis nashrlari poezdlardan biri relsdan chiqib ketgani va bir necha vagon ag‘darilib ketganini xabar qilmoqdalar.

Germaniya kansleri Angela Merkelь Bavariyada yuz bergan noxush hodisadan "chuqur qayg‘uda" ekanini izhor etdi.

Temir yo‘ldagi halokat 9 fevral kuni ertalab Myunxendan 60 kilometr naridagi Bad-Aybling shahri yaqinida ro‘y bergan.

XS
SM
MD
LG