Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:51

AQSh razvedkasi rahbari Rossiyaning tajovuzkor siyosati hamda ichki va tashqi terrorchilar tahdididan bahs etdi


Amerika Qo‘shma Shtatlari kiber hujumlar, mamlakat ichidagi terrorchilar, “Islomiy davlat”, Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidi va Rossiyaning tajovuzkor tashqi siyosati kabi ko‘plab muammolarga to‘qnash kelayapti. Bu haqda AQSh razvedkasi rahbari Jeyms Klepper 9 fevral kuni Kongressda qilgan chiqishida bildirdi.

“Men razvedkada ishlagan 50 yildan oshiqroq vaqt mobaynida bugungi kunda qarshi turishga majbur bo‘lganimiz qadar ko‘p va turfa xatarlarni eslay olmayman”, dedi AQSh razvedkasi rahbari.

Kremlning tajovuzkor tashqi siyosatiga to‘xtalgan Klepperga ko‘ra, Rossiyada NATO unga xavf solayotganiga oid vasvasa bor va Moskvaning Vashington bilan raqobatlashishga urinishi yangi “sovuq urush”ga olib kelishi mumkin.

AQSh razvedkasi rahbari Rossiya 2016 yilda ham Ukrainaning G‘arb bilan yaqinlashishiga to‘sqinlik qilishda davom etadi, degan fikrda. Shuningdek, Klepper mulohazasicha, Rossiya rasmiylari Kreml yetakchilik qilayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini kengaytirish maqsadida qo‘shni davlatlarga bosimni kuchaytirishga harakat qiladilar.

XS
SM
MD
LG