Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:53

NATO Sharqiy Yevropa xavfsizligini muhokama qiladi


Bugun Bryusselda NATOga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari ishtirokida ikki kunlik yig‘ilish boshlandi. Tadbirda Rossiya masalasi va Sharqiy Yevropadagi xavfsizlik mavzusi ko‘riladi.

Shuningdek, IShIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya rolini kuchaytirish masalasi bo‘yicha muhokama ham rejalangan.

Uchrashuvda AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ham bor. Pentagonning Yevropa bo‘yicha turli loyihalariga 2016 yilda 3 milliard 400 million dollar ajratilishi mukinligi haqida yozdi France-Presse.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, Shimoliy Atlantika ittifoqi Yevropada yuzaga kelgan qochqinlar bo‘hroniga “jiddiy yondashadi”.

Yaqinda Germaniya va Turkiya hukumatlari qochqinlar masalasini hal qilish uchun NATOdan ko‘mak so‘rash harakatida ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG