Линклар

2015 yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi 10500 o‘zbekistonlikka viza berdi. Bu haqda kecha ma’lum qilgan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlenga ko‘ra, bu raqam oldingi yillarga nisbatan ko‘pdir.

Amerika vizasi olganlarning aksarini talabalar, turistlar va biznes sohasi vakillari tashkil etadi.

Spratlenga ko‘ra, o‘tgan yili elchixona o‘zbekistonliklar uchun yengilliklar yaratib, viza olish muddatini qisqartirgan. Oldin viza olish uchun 3 hafta kutish lozim bo‘lsa, hozirda 1 haftada vizani olish imkoni yaratilgan.

O‘zbekistonliklar orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali AQShga loy chaplash holatlari tez-tez kuzatiladi. Lekin ushbu "sehrli diyor"ga ishtiyoqmandlar soni yil sayin ko‘paymoqda.

1996 yilda 300dan oshiq o‘zbekistonlik Geen Card yutgan bo‘lsa, so‘nggi davrda har yili 4000-4500 chog‘li O‘zbekiston fuqarosi Amerika vizasi sohibi bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG