Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:52

Etnik ruslar Qozog‘istonni tark etmoqda


2015 yilning ilk to‘qqiz oyi davomida sobiq sovet mamlakatlarida yashayotgan ruslarlarni Rossiyaga ko‘chirib o‘tkazish dasturi orqali taxminan 19 ming etnik rus Qozog‘istonni tark etgan. Ozodlikning qozoq xizmatiga ko‘ra, hozirgi kunda Ostonadagi Rossiya elchixonasi oldida juda ko‘p odam navbat kutmoqda.

Mamlakatni tark etishga qaror qilgan ruslar intervyudan o‘tish uchun oylab kutishga majbur bo‘lmoqda.

Ivan Malixin Qozog‘istonni tark etishga qaror qilgan etnik ruslarning biridir. Ozodlik bilan suhbatda Malixin ilk bor ariza topshirganida kutish muddati ikki oy bo‘lganini aytdi.

“Hujjatlarimni olgani borganimda esa kutish muddati bir necha oyga uzaygan edi. Iyunda hujjat topshirganlar yanvargacha kutishga majbur bo‘lmoqda”, dedi u.

24 yoshga to‘lgan Irina Smirnova ham vatani Qarag‘andani tark etib, Chelyabinskka bormoqchi.

Ozodlikka bergan intervyusida Smirnova endigina universitetni tamomlaganini va karyerasini Rossiyada boshlashni istashini aytdi.

Aftidan, Qozog‘istonni tark etayotgan etnik ruslar soni shunchalik ko‘pki, qabul navbatini pullayotganlar paydo bo‘ldi. Bunday shaxslar bir necha oy avval qabulga yoziladi va ketishga oshiqayotgan ruslarga o‘z o‘rnini sotadi.

Malakali ishchilar

2014 yil Ukraina sharqida Rossiya dastaklayotgan ayirmachilar Donetsk hamda Lugansk viloyatlarini qo‘lga olishi ortidan Qozog‘iston hukumati mamlakatdagi etnik ruslar haqida xavotirga tushganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ko‘p sonli ruslarning tark etayotgani Qozog‘iston uchun ijobiy o‘zgarishdir. Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh hududlarida etnik ruslar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ammo mamlakatni tark etayotganlarning aksari malakali ishchilar bo‘lib, ular orasida shifokorlar, o‘qituvchilar hamda boshqa professionallar bor. Qozog‘iston ular o‘rnini egallay oladigan mutaxassislarni qanday suratda topa olishi hozircha noma’lum.

Qozog‘iston Iqtisod vazirligi statistika qo‘mitasining Ozodlikka bildirishicha, 2014 yil taxminan 24 ming etnik rus Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Statistika qo‘mitasi xodimi Erbolat Musabekov ruslarning tark etayotganiga katta ahamiyat bermaslik kerakligini aytdi. “Bu uncha katta ko‘rsatkich emas. 2005, 2006 yillarda bundan ko‘p odam tark etgan: 56 ming, hatto 65 ming”, dedi u.

Olmaotadagi Rossiya elchixonasi Ozodlikka 2007 yildan beri 375 ming qozog‘istonlik Rossiyaga ko‘chib o‘tganini bildirdi. Rossiya Federal migratsiya xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda Rossiyaga qaytgan etnik ruslarning deyarli 30 foizini qozog‘istonliklar tashkil etadi.

Qozog‘iston 1991 yil mustaqillikka erishganidan beri ruslar mamlakat aholisining 40 foizini tashkil qilgan. Iqtisod vazirligidan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bu ko‘rsatkich 21 foizga tushib qolgan.

Qozog‘iston hukumatining mamlakatdagi etnik ruslar haqidagi xavotirlariga qaytadigan bo‘lsak, ruslarning tark etayotgani mamlakat aholisi sonini keskin ozaytirmaydi. 9 fevral kuni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy rivojlanish vazirligi mustqillik yillarida taqriban 1 million etnik qozoq Qozog‘istonga qaytgani haqida xabar berdi.

Yaqinda Ozodlikning qozoq xizmati tayyorlagan Qozog‘iston shimoli-sharqida joylashgan Petropavlovsk shahrini tark etib, Rossiyaga yo‘l olganlar haqidagi videolavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Петропавловскни тарк этаётганлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:03 0:00

XS
SM
MD
LG