Линклар

MDH davlatlarida terrorchilik bo‘yicha jinoyat sodir etganlik ayblovi bilan jami 4262 nafar odam qidiruvga berilgan.

Bu haqda ma’lum qilgan MDH terrorchilikka qarshi markaz boshlig‘i Andrey Novikovga ko‘ra, joriy yilda kiberterrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDH davlatlari maxsus xizmatlari ishtirokida keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalangan.

Novikov tilga olgan raqamning qancha qismi O‘zbekistonga tegishli ekani noma’lum.

Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan The Soufan Group tadqiqot markazi hisob-kitobicha, bugungi kunda birgina IShID safida 500 o‘zbekistonlik bor.

XS
SM
MD
LG