Линклар

logo-print

Xalqaro valyuta jamg‘armasi islohotlarning oqsashi va korrupsiya tufayli Ukraina bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda XVJ rahbari Kristin Lagard 10 fevral kungi bayonotida bildirdi.

Lagardga ko‘ra, Ukraina va’da qilingan islohotlarni amalga oshirishi va korrupsiyani bitirishi lozim, aks holda, XVJ dastagidan mahrum bo‘lishi mumkin.

XVJ rahbari Ukraina o‘zining yaqin tarixidagi qoniqarsiz iqtisodiy siyosatiga qaytishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukraina uchun asosiy moliya manbaidir. Tashkilot Ukrainaga 17,5 milliard dollarlik yordam dasturini va’da qilgan hamda buning evaziga Kievdan qator islohotlar o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi kurashishni talab qilgan.

Uch kun muqaddam Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Xalqaro valyuta jamg‘armasi moliya vaziri to‘satdan iste’foga ketishi ortidan Yatsenyuk hukumati hokimiyat tepasida qolish-qolmasligi aniq bo‘lmagunicha hamkorlikni to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG