Линклар

Tojikistonda mamlakat konstitutsiyasiga kiritilajak o‘zgartishlar bo‘yicha referendum shu yilning 22 mayiga belgilandi. Umumxalq referendumi sanasi Tojikiston parlamenti quyi palatasining chorshanba kungi majlisida e’lon qilindi.

Tojikistonning amaldagi konstitutsiyasiga muvofiq, Imomali Rahmon 2020 yildagi prezident saylovida ishtirok etolmaydi. Biroq referendumda konstitutsiyaga o‘zgartish kiritilsa, u cheklanmagan miqdorda prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.

Konstitutsiyaga kiritilajak o‘zgartishlar davlat rahbari lavozimi uchun nomzodlar yoshini 35 yoshdan 30 yoshga tushirishni ham ko‘zda tutadi. O‘zgartishlar qabul qilinsa, bu Imomali Rahmonning katta o‘g‘li Rustam Imomaliga 2020 yilda o‘tajak prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘yish uchun imkoniyat yaratadi.

O‘tgan hafta Tojikiston Konstitutsiyaviy sudi mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish loyihasini “qonunchilikka muvofiq” deb topgan va bu referendum uchun yo‘l ochgandi.

XS
SM
MD
LG