Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 07:53

NATO vakillari sharqiy qanotni mustahkamlamoqchi


NATOga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari sharqiy qanotni mustahkamlash bo‘yicha rejani ma’qulladilar.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, Rossiyaga chegaradosh Polsha va boshqa ittifoqchi mamlakatlarda yangi bo‘linmalar tashkil etilishi Moskva uchun “ochiq signal” bo‘ladi, bo‘linmalarning ko‘p millatli tarkibi esa NATOning bir a’zosiga hujum butun blokka hujum sifatida qabul qilinishini ko‘rsatadi.

Stoltenberg yangi bo‘linmalar Sharqiy Yevropadagi a’zo davlatlar orasida ko‘chib turishi va bir joyda muqim qolmasligini bildirdi.

NATO sharqiy qanotda harbiy texnikani ko‘paytirish va yangi infratuzilma barpo qilish kabi boshqa qo‘shimcha choralarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Bu masalalar bo‘yicha qanday yakuniy qaror olingani hozircha ma’lum emas.

Qo‘shimcha kuchlarni jalb qilish Ukrainadagi bo‘hron va Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishiga nisbatan NATOning javob choralaridan bir qismi bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG