Линклар

logo-print

AQSh mulozimlari Moskva Suriyada 1 martdan otashkesim qarori olish taklifini o‘rtaga tashlagani, biroq Vashington o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilayotganini aytmoqdalar.

Ismi ochiqlanmagan amerikalik mulozimlardan biri 10 fevral kuni Associated Press agentligiga Oq uy Rossiyaning dastagini olayotgan prezident Bashar Assad kuchlari otashkesimgacha bo‘lgan bu uch haftani ma’lum hududlarni o‘z tasarrufiga qaytarish qasdida muxolifatchilarga hujum uyushtirish uchun foydalanadi, degan fikrda ekanini bildirgan.

AQSh mulozimlari Suriyada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va qamalda qolgan shaharlarga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun yo‘l ochishni talab qilmoqdalar.

So‘nggi paytlarda Suriya hukumat kuchlari egallab olgan hududlarning katta qismi Turkiya, AQSh va boshqa g‘arb mamlakatlari dastaklayotgan qurolli muxolifatchilarning nazorati ostida edi.

10 fevral kuni Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin Rossiya va AQSh Myunxenda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqida “o‘ta muhim” muzokaralar o‘tkazishini bildirgan.

11 fevralь kuni Myunxenda Suriyani dastaklash xalqaro guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi, unda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va yana 20 mamlakat tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan, Rossiya bosh diplomati Sergey Lavrov ishtirok etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG