Линклар

Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar sonining qisqarish sur’ati 2015 yilning noyabr va dekabr oylariga solishtirganda sekinlashgani kuzatilmoqda.

Rossiya Federal migratsiya xizmatiga tayanib, berilayotgan xabarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida o‘zbekistonlik muhojirlar soni qisqarishda davom etgan, lekin bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etgan. 2015 yil oxirida o‘zbekistonlik mardikorlar soni 17 foizga qisqargani aytilgan edi.

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz oqibatida mardikorlarning mamlakatdan chiqib ketishi o‘zbek muhojirlari sonining ham qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.

Fevral oyi boshida yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 1,78 million O‘zbekiston fuqarosi qolmoqda.

O‘tgan yil boshida Rossiyada rasman qayddan o‘tgan o‘zbekistonliklar soni 2 milliondan oshiqni tashkil etgan. Lekin mustaqil manbalar taxminiga ko‘ra, norasmiy raqamlar bir necha barobarga ko‘proq bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG