Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:11

GM Uzbekistan zavodidan gaz ballonlik Lacetti chiqariladi


Asakadagi GM Uzbekistan zavodida gaz ballon uchkunasi o‘rnatilgan Lacetti avtomobillari konveyerga qo‘yilmoqda. Avtozavodning Facebook sahifasida aytilishicha, siqilgan gazga mo‘ljallangan ballon uskunalari o‘rnatilgan mashinalarni seriyali ravishda zavoddan chiqarish bo‘yicha 2015 yil dekabrida boshlangan dastur yakunlangan.

Mazkur dastur doirasida GM Korea va Italiyaning Landi Renzo shirkatlari gaz ballonlarini Lacetti mashinasiga moslashtirish ishlari amalga oshirilgan va gaz ballon uskunalari ehtiyot qismlari sinovdan o‘tkazilgan.

GM Uzbekistan zavodi gaz ballon uskunalarini Italiyaning Faber hamda “O‘zavto-Landi Renzo” O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasidan sotib olishi aytilmoqda.

Gaz ballonlik Lacetti mashinalari binzin baki va ballonlardagi yonilg‘i yordamida jami 1130 kilometrgacha, jumladan 850 kilometr benzinda va 280 kilometr siqilgan gazda, yo‘l yurishi mumkinligi aytilmoqda. Gazning o‘zida mashina tezligi soatiga 90 kilometrni tashkil etsa 280 kilometr yo‘lni bosib o‘tadi.

Hozircha, gaz balloni Lacetti mashinasi narxiga qanchalik ta’sir etish aytilgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG