Линклар

NATO Egey dengizi orqali muhojirlarni olib kelayotgan kemalarni qaytarish uchun harbiy patrul kemalarini tashlashga rozilik berdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bu haqda 11 fevral kuni Shimoliy Alьyans mudofaa vazirlarining Bryusseldagi yig‘inida Germaniya, Gretsya va Turkiya so‘roviga javoban e’lon qildi.

Stoltenbergning aytishicha, NATO kemalari Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi suv havzalariga “darhol” tashlanadi. U missiyaning maqsadi “qochqinlarni olib kelayotgan kemalarni to‘xtatish yoki ortga surib qaytarish emas”, balki “odam savdosiga qarshi kurashga yordam beruvchi muhim axborotni to‘plash va kuzatuv o‘rnatish”ga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi.

BMT Qochqinlar idorasiga ko‘ra, joriy yil boshidan beri Gretsiyaga dengiz orqali 75 mingga yaqin muhojir kirib kelgan.

Xalqaro migratsiya tashkilotiga ko‘ra, O‘rta Yer dengizini kesib o‘tish urinishi paytida 400dan oshiq odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG