Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:20

Rus muxolifatchisi Kasyanov Vladimirda tuxumbo‘ron qilindi


Rossiyalik muxolifatchi Mixail Kasyanov joriy haftada ikkinchi marta hujumga uchradi. Bu gal u tuxumbo‘ron qilindi.

TASS agentligining xabar qilishicha, hujum 11 fevral kuni Moskvadan 200 kilometr narida joylashgan Vladimir shahrida muxolifatchi mashinadan tushayotgan paytda sodir bo‘lgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hujumchilar o‘zlarini “Xalq ozodlik harakati” a’zolari deya tanitganlar.

Kasyanovga 9 fevral oqshomida ham hujum uyushtirilgandi. Rossiyaning sobiq bosh vaziri va hozirda muxolifat lideri bo‘lgan Kasьyanovga ko‘ra, o‘sha kuni u ovqatlanib o‘tirgan restoranga bir necha kishi kirib, avval muxolifatchiga tahdid qilgan, keyin esa unga tort uloqtirgan.

XS
SM
MD
LG