Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:13

Medvedev muhtamal jahon urushidan ogohlantirdi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Suriyadagi to‘qnashuvga yechim topilmasa yoxud AQSh va arab mamlakatlarining quruqlikdagi kuchlari Suriya urushiga jalb etiladigan bo‘lsa, bu doimiy urush yoki “jahon urushi”ga aylanib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Myunxenda chiqadigan Handelsblatt gazetasiga 11 fevral kuni bergan suhbatida Medvedev Vashington va Moskva Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish maqsadida jang qilayotgan tomonlarning barchasiga bosim o‘tkazish uchun o‘z ta’siridan foydalanishi lozim, deya bildirdi.

Rossiya bosh vaziri, agar Saudiya Arabistoni kuchlari Suriyada AQSh boshchiligida amalga oshirilayotgan quruqlikdagi amaliyotlarga qo‘shiladigan bo‘lsa, u Afg‘oniston va boshqa ko‘p mamlakatlarda bo‘lgani kabi doimiy urushga aylanib ketishi mumkinligidan bahs etdi.

Medvedev Qo‘shma Shtatlar va arab o‘lkalari Suriyadagi mojaro ichiga chuqurroq kirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari lozimligi va “yangi jahon urushini avj oldirish o‘rniga barcha tomonlar muzokara stoliga o‘tirishga majbur qilinishi kerak”ligini ta’kidladi.

Suriyada o‘tgan yilning sentyabrь oyidan beri havo zarbalari berib kelayotgan Rossiya o‘z ittifoqchisi prezident Bashar Assad qo‘shinlariga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida yaqindan buyon Halab shahri atrofini bombalab kelayotir. AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ham Suriyada havo amaliyotlari o‘tkazib keladi.

XS
SM
MD
LG