Линклар

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abodiy Kurd muxtor rayonini mustaqillikka erishish rejasidan voz kechishga chaqirdi.

“Kurdiston Iroqsiz rivojlanmaydi, Iroq esa yaxlitligicha qolishi lozim”, dedi al-Abodiy payshanba kuni Berlinda Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Iroqlik kurdlar rahbari Mas’ud Barzoniy o‘tgan hafta kurd davlatini tashkil qilish bo‘yicha referendum o‘tkazish vaqti kelganini bildirgandi. Neft narxining tushishi ortidan mintaqa shu kunda og‘ir iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda. Kurdistonda oylik maoshlar qisqarishi va to‘lanmasligidan norozilik tobora oshib bormoqda. Shu oy u yerda politsiyachilar va shifokorlar ish tashlagan.

“Iroqning neft sotishdan tushgan daromadi ikki yil avvalgi vaziyat bilan solishtirganda 15 foizga pasaydi. Bu sezilarli pasayishdir, shuning uchun ham biz katta qiyinchiliklarga duch kelayapmiz”, deya bildirdi Iroq bosh vaziri.

Germaniya kansleri Angela Merkel infratuzilma ob’ektlarini qurish orqali Iroq iqtisodiyotiga ko‘mak berish maqsadida bu mamlakatga taqriban 500 million yevro kredit berilishi haqida e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG