Линклар

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 140 ming tonna ma’danli o‘g‘it yetkazib berish haqida shartnoma imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev mamlakat parlamentining 11 fevral kungi majlisida ma’lum qildi.

Qirg‘iziston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Turdunazir Bekboevga ko‘ra, mamlakatning o‘g‘itga ehtiyoji 200 ming tonnani tashkil etadi, O‘zbekiston bilan esa 140 ming tonnaga shartnoma tuzilgan.

“Bu azotli o‘g‘itlar va karbamidlardir. Azotlilar 16,5 so‘mdan, karbamidlar esa 19 so‘mdan”, dedi vazir.

Qirg‘izistonda bugungi kunda 1 AQSh dollari 74,5 so‘mga teng.

XS
SM
MD
LG