Линклар

O‘zbekistonda birdaniga issiq havoning sovishi va qor yog‘ishi ortidan hatto mamlakatning eng jazirama nuqtalaridan bo‘lgan Qizilqum sahrosini ham qor qopladi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi saytida e’lon qilingan "Jayron" ekomarkazi xodimi Anna Ten tomonidan olingan suratda Qizilqumdagi daraxtlar oppoq qorga burkangani aks etgan.

Yanvar oyida butun O‘zbekiston bo‘ylab, issiq obi havo kuzatilgan va ko‘plab joylarda mevali daraxtlar gullashni boshlagan edi.

Mamlakatning janub hududlari, jumladan, Surxondaryoda havo harorati +24, +27 darajani tashkil etdi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, qishning chillasida bu kabi issiq bo‘lishi 4-5 yilda bir marta kuzatiladi.

Joriy haftada mamlakatning aksar hududlarida yoqqan qor gullay boshlagan mevalari daraxtlar uchun sovuq urish xavfini yuzaga keltirdi.

Samarqanddan olingan suratlarda gullagan daraxtlarni qor bosgani aks etgan.

XS
SM
MD
LG