Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

O‘zbekistonliklarga eski pasport bilan vatanga qaytishga ruxsat berildi


Rossiya va boshqa davlatlarda yurib, biometrik pasport olishga ulgurmagan O‘zbekiston fuqarolari eski nobiometrik pasport bilan mamlakatga qaytishlari mumkin. O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda besh kun avval bu haqda Toshkentdan maxsus yo‘riqnoma olishgani va shu yo‘riqnomaga muvofiq qo‘lida muddati o‘tmagan eski pasporti bor o‘zbek fuqarolari 2018 yilning 1 iyuligacha vatanlariga qaytishlari mumkinligini aytdi.

– Agar eski pasport muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, uni egalari o‘zlari yashab turgan yoki uchinchi tranzit mamlakatlar orqali vatanlariga qaytishda foydalanishlari mumkin, - dedi elchixona mulozimi.

Bu tartib 2018 yilning 1 iyuligacha amalda bo‘ladi. Lekin xorijga chiqish uchun o‘zbek fuqarolari biometrik pasport olishlari kerak bo‘ladi.

- Eski pasport bilan faqat vatanga qaytsa bo‘ladi. Qayta xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish lozim, - dedi elchixona mulozimi.

Ozodlikka murojaat qilgan xorijda yashovchi bir qator o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytishlari uchun o‘zlari yashayotgan mamlakat chegara xodimlari shu yil boshidan buyon ulardan yangi biometrik pasport yoki O‘zbekiston elchixonasidan olingan “Vatanga qaytish uchun sertifikat” deya ataluvchi hujjatni talab etayotgani haqda aytishgan edi.

O‘zbekiston elchixonasi mulozimining aytishicha, hozirda barcha mamlakatlardagi tegishli idoralarga nobiometrik pasport bilan yurgan O‘zbekiston fuqarolariga chegaradan o‘tishlarida mone’lik qilinmasligi haqida bildirishnoma jo‘natilgan.

- Uch kun avval hamma mamlakatdagi tegishli idoralar bundan xabardor qilingan. Hozir eski pasport bilan qaytishyapti, - dedi o‘zbek elchixonasi mulozimi.

Toshkent hukumati "g‘ayriinsoniy qarori"dan qaytdi

O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarining yangi¸ biometrik pasportga o‘tishi uchun berilgan muhlat 2015 yil 31 dekabr kuni tugagani va shu muddat ichida yangi pasport olmasdan¸ xorijda qolganlar vatanga qaytish uchun maxsus sertifikat olishlarini shart qilib qo‘ydi.

14 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Facebookdagi o‘z sahifasida bunday tartib joriy qilinganini rasman e’lon qildi.

Rassom Tuz minglab muhojirlarni qiynayotgan pasport muammoni hajv qilgan.
Rassom Tuz minglab muhojirlarni qiynayotgan pasport muammoni hajv qilgan.

“Ko‘p sonli murojaatlar sababli shuni xabar qilamizki¸ ....

O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi nobiometrik fuqarolik pasporti bilan xorijiy davlat hududida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonga qaytishlari uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishlari va respublikaga qaytish sertifikatini olishlari kerak”¸ deyiladi vazirlikning Facebookdagi rasmiy saytida o‘zbek va rus tillarida qo‘yilgan baënotda.

Ayni paytda bu bayonotni vazirlikning rasmiy saytidan topishning imkoni bo‘lmadi.

O‘tgan oy Yevropa Komissiyasi O‘zbekiston hukumatining nobiometrik pasportlarning amal qilish muddatini tugatish qaroridan xavotirda ekanini bildirgandi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar Oliy Komissari idorasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul mulozimi Ivona Piorko o‘zbek rasmiylarining qarori xorijdagi o‘zbekistonliklarning huquqiy maqomini savol ostida qoldirgani haqda bayonot bergan edi.

YeI mulozimi o‘zbekistonlik faollarning Yevropa Komissiyasidagi chiqishlariga javoban bu haqda gapirgan.

Shvetsiyada istiqomat qiladigan o‘zbek fuxolifati faoli Po‘lat Oxunov Toshkent hukumatining “g‘ayriinsoniy qarori” xorijdagi millionlab o‘zbeklarni mushkul ahvolda qoldirgani haqida bayonot bilan chiqqandi.

XS
SM
MD
LG