Линклар

Toshkentdagi kinoteatrlar Tim Millerning fantastika janrida suratga olingan "Dedpul" (Deadpool) jangari filmini namoyish qilishdan bosh tortdi.

Sputnik nashri ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi kamida beshta kinoteatrlar "yuqori"dan hech qanday ko‘rsatma bo‘lmagani va o‘z xohishi bilan ushbu filmdan voz kechgani haqida ma’lum qilgan.

MegaCinema kinoteatri ushbu film o‘zbek jamiyatining etikaviy normalariga mos bo‘lmagani uchun filmni namoyish qilmasligini bildirgan.

"O‘zbekkino" qaysi filmni namoyish qilishni kinoteatrlarning o‘zlari hal qilishini ta’kidlayapti.

"Dedpul" filmi faqat yoshi kattalar uchun mo‘ljallangan. Ahloqiy normalarga javob bermaslik da’vosi bilan Xitoyda ham ushbu film namoyishi taqiqlangan.

9 fevral kuni taqdimoti o‘tkazilgan "Dedpul" filmi 11 fevraldan kinoprokatga chiqarildi.

XS
SM
MD
LG