Линклар

O‘zbeknavo estrada birlashmasi ijtimoiy tarmoqlarda "behayo" videosi tarqalgan xonanda Tamila himoyasiga chiqqan qo‘shiqchilarni keskin qoraladi.

Birlashmaning litsenziya berish bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov Tamilaning "uyatsiz" videosi tarqalgach xonandalar Lola Yuldosheva bilan Aziza Nizomova Instagram tarmog‘i orqali uning himoyasiga chiqqanini qoralab, bu holatlarga boshqa yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

"Tamilani tartibga chaqirish o‘rniga uning himoyasiga o‘tishdi. Biz bu kabi ahloqsizlikni qa’tiy taqiqlaymiz" deydi Abduqahharov mahalliy matbuotga bergan intervyusida.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbeknavo yaqinda yig‘ilish o‘tkazib, Tamila himoyasiga chiqishni xonandalarga rasman taqiqlashni rejalashtirmoqda.

O‘zbeknavo Tamilani (asli ismi Raxmatova Esmiralda Najmiddinovna) Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan "behayo videolar" ortidan litsenziyadan mahrum etgan.

Telegram tarmog‘ida tarqalgan video sabab xonandaning prodyuseri Najot Ag‘zamov ham Tamiladan yuz o‘girgani, u bilan hamkorlikni to‘xtatganini aytgan. Keyinchalik xonandaning Qozog‘istonga chiqib ketgani xabar qilindi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Tamila "behayo videolar"dagi ayol u emasligi va Qozog‘istonga chiqib ketgani haqidagi xabarlar ham yolg‘on ekani haqida video tarqatdi.

XS
SM
MD
LG