Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

Ukrainada Rossiya yuklari yo‘lini to‘sish aksiyasi boshlandi


Ukrainalik faollar Zakarpatiya viloyatida Rossiya raqamlari bilan kelayotgan yuk mashinalari yo‘lini to‘sish bo‘yicha muddatsiz aksiya boshladi.

«Ukrinform» nashri ma’lumotiga ko‘ra, o‘nlab odam, jumladan, Donbassdagi ukrain armiyasi tadbirlari ishtirokchilari chegara postidan 5 kilometr uzoqlikdagi Nijnie Vorota qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lni to‘sib qo‘yishgan.

Aksiya tinch o‘tayotgani, atrofda politsiya xodimlari ko‘pligi xabar qilindi.

Aksiya ishtirokchilari Ukraina hukumatidan Rossiya bilan savdo qilishni to‘xtatishni talab qilayapti. Norozilar yana Ukraina hududida rossiyalik tadbirkorlar faoliyatini cheklashni ham talab qilishmoqda.

O‘tgan yilning sentyabr oyida ukrainalik faollar Rossiya anneksiya qilgan Qrimga ketayotgan yuk mashinalari yo‘lini to‘sishgan edi. Noyabr oyiga kelib Ukraina hukumati Qrim chegarasi orqali yuk tashilishini taqiqlab qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG