Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:44

Nemsovning qizi otasi haqida Germaniyada kitob chop qildi


Rossiya muxolifatining yirik namoyondasi, bir yil avval o‘ldirilgan Boris Nemsovning qizi Janna Nemsova Germaniyada otasi haqida kitob chop qildi.

Deutsche Welle media kompaniyasida ishlayotgan Janna Nemsova Putin rejimi va “Rossiyaning agressiv targ‘iboti”ni keskin tanqid qilib keladi.

O‘z kitobini “Rossiyani uyg‘otish” deya nomlagan Janna otasi xotirasini saqlab qolish lozimligi ta’kidlab, Rossiya erkinligi uchun kurashayotganlarni qo‘llashini aytadi.

12 fevral kuni rus muxolifati Boris Nemtsovni xotirlab, u o‘ldirilgan kuni Moskvada marsh o‘tkazish bo‘yicha tegishli idoralarga ariza topshirdi.

Tadbir tashkilotchilariga ko‘ra, marsh ishtirokchilari Slavyanskiy maydonidan boshlab Nemsov o‘ldirilgan Katta Moskvoretsk ko‘prigigacha borishadi.

Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan aksiyalarni Rossiyaning boshqa shaharlari, jumladan, Nijniy Novgorodda ham o‘tkazish rejalanayapti.

Boris Nemtsov o‘tgan yilning 27 fevral kuni Moskvada prezident Vladimir Putin siyosatiga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan norozilik namoyishiga ikki kun qolganida Kreml yonidagi ko‘prikda o‘ldirib ketilgan edi.

Muxolifatchini o‘ldirganlikda gumonlanib chechenistonlik besh kishi hibsga olingan.

O‘tgan yilning 18 noyabr kuni sud qotillikni uyushtirishda gumonlangan Checheniston ichki ishlar vazirligining “Sever” batalyoni ofitseri Ruslan Muxudinovni hibsga olish bo‘yicha sirtdan hukm chiqardi.

AQShning 2015 yildagi “Ozodlik” mukofoti “Vladimir Putin davrida Rossiyada demokratiya, inson huquqlari va adolatli sudlov uchun kurashga bag‘ishlangan umr uchun” munosib topilgani uchun Boris Nemsovga berilgan.

XS
SM
MD
LG