Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:00

Muhammad Solih: Maddohlar uyushmasidan “haydalish” biz uchun sharafdir!


Muhammad Solih¸ Mamadali Mahmudov¸ Dilorom Ishoqova kabi O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan taniqli ijodkorlar mustaqil O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zoligidan chiqarilgan.
Muhammad Solih¸ Mamadali Mahmudov¸ Dilorom Ishoqova kabi O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan taniqli ijodkorlar mustaqil O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zoligidan chiqarilgan.

7 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi 26 yozuvchi-shoirni rasman o‘z safidan chiqardi. Uyushma Ekspert kengashi qarorida aytilishicha¸ bu ijodkorlar prezident bergan ko‘rsatmaga amal qilib¸ “istiqlol yillarida mamlakatda kechayotgan ulug‘vor ishlarga daxldorligini his etmagani uchun” a’zolikdan chiqarilgan.

12 fevral kuni Ozodlik ixtiyoriga kelib tushgan Ekspert kengashi qarorida prezident Islom Karimovning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasi asosida uyushma tarkibi sifat jihatidan qayta ko‘rib chiqilgani aytiladi. Qarorda qayd etilishicha¸ prezident ko‘rsatmasiga muvofiq bundan so‘ng “jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyatini his etgan fidoyi insonlar”gina uyushmaga a’zo bo‘ladi.

Yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan yaqinda chiqarilgan ijodkorlar orasida O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron, yozuvchi Salomat Vafo, shoirlar Norto‘xta Qilich, Hamroqul Asqar, Sulaymon Rahmonlar bor. Ayni paytda¸ 20-asr o‘zbek adabiyotining eng taniqli namoyandalari Evril Turon (Mamadali Mahmudov) va Muhammad Solih¸ shuningdek¸ muxolif qarashlari bilan hukumat tazyiqiga uchrab¸ xorijga chiqib ketgan Botir Norboy¸ Yodgor Obid va Yusuf Juma kabi ijodkorlar ham bor.

Ozodlik O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi Muhammad Ali¸ uning o‘rinbosari¸ Ekspert kengashi raisi Sirojiddin Sayyid bilan bog‘lanib¸ bunday qarorga izoh olish imkoniga ega bo‘lmadi – uyushma kotibasi raisning xorij safarida ekani¸ muovinning esa¸ kun bo‘yi majlisdan bo‘shamasligini bildirdi.

“Qurultoy”da ishtirok etgan Mamadali Mahmudov¸ Muhammad Solih¸ Dilorom Ishoqova va Hamroqul Asqar mustaqil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan a’zolikdan chiqarilgan ijodkorlar va ular suhbat davomida bugungi rejim mafkurasini yoyish quroliga aylangan uyushma safidan chiqarilganliklarini o‘zlari uchun sharaf bilajaklarini aytdilar:

- Bu Yozuvchilar uyushmasini maddohlar uyushmasi¸ laganbardorlar uyushmasi deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bizning na maddohlikka¸ na laganbardorlikka aloqamiz yo‘q va shu bois¸ bizni bunday uyushmadan chiqarishgani biz uchun sharafdir¸ dedi jumladan Muhammad Solih.

O‘zbek ijodiy oydinlari “Qurultoy”ini to‘lig‘icha bu yerda tinglashingiz mumkin.

Муҳаммад Солиҳ: Маддоҳлар уюшмасидан ҳайдалиш биз учун шарафдир
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG