Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:10

Mahkamaga tortilgan "Zamondosh" nashri tuhmat haqidagi da’volarni rad etdi


Anvar Karimov "Zamondosh" portalining bosh muharriri
Anvar Karimov "Zamondosh" portalining bosh muharriri

O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Galima Buxarboeva tomonidan tuxmatda ayblanib Gollandiya sudiga berilgan "Zamondosh" nashri Buxorboeva da’volarini rad etdi.

Uznews.net saytiga rahbarlik qilgan Galima Buxarboeva, "Zamondosh" ni muttasil tuhmat materiallar e’lon qilib kelganlikda ayblab, raddiya berilishini va moddiy tovon to‘lanishini talab qilmoqda.

"Zamondosh" ning bosh muharriri va egasi Anvar Karimovning aytishicha, garchand Buxarboeva "Zamondosh"ni mahkamaga tortgani haqida e’lon qilgan esada, hozircha shaxsan o‘ziga nisbatan va "Zamondosh" portaliga nisbatan hech qanday da’vo bo‘lgani yo‘q.

"Bizning tushunishimizcha, Rizo Obidovni sudga bergan Galima Buxarboeva uni "Zamondosh saytining egasi deb biladi. Lekin unaqa emas", deydi Anvar Karimov.

Unga ko‘ra, e’tirozga sabab bo‘layotgan maqolalarni Rizo Obidov yozmagan va bu maqolalar boshqa joylardan olib qo‘yilgan yoki ularning boshqa avtorlari bor.

Buxarboevaning iddao qilishicha, Rizo Obid o‘zining zamondosh.com saytida yoritgan materiallarida:

“Galima Buxarboeva O‘zbekiston prezidenti qizi Gulnora Karimovadan uning o‘g‘li Islom Karimov yoki Karimovlar bilan bog‘liq boshqa kishilar orqali pora yoki haq olgan;

uznews.net sayti rahbari o‘laroq na jurnalistik, na muharrirlik erkinligiga ega bo‘lgan, balki sayt donori – Shvetsiya xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi qo‘ygan shartlar doirasida ishlagan;

donor ajratgan mablag‘larni o‘zining g‘arazli maqsadlarida o‘zlashtirgan” kabi gaplarni yozganki, bular da’vogar fikricha tuhmat va bo‘htondir.

Anvar Karimovning iddao qilishicha, har gal Galima Buxarboeva haqida tahririyatga maqola kelganida ular izoh talab qilib maqolani uning o‘ziga yuborgan, biroq undan yo sukut yo haqorat javobi olingan.

"Oproverjenie bo‘lmagan, biz imkoniyat berganmiz, oproverjenie berishga" deydi "Zamondosh" bosh muharriri.

Buxarbaevaga ko‘ra, "Zamondosh" sayti bilan mojaroni sudgacha hal qilishga bo‘lgan urinishlar samara bermagan.

Ayni paytda Anvar Karimov "Zamondosh" bu mojaroni tinch yo‘l bilan hal etmoqchiligini aytib, aks holda kontrhujumga o‘tishga tayyorligiga ishora qildi.

"Germaniya va Shvetsiya hukumatida bu shaxslarning moliyaviy tomondan topgan daromadlarini ochiqlashini talab qilamiz. Ular boshqa insonlarga qarshi, bizga qarshi yozgan ig‘volariga nisbatan da’volar kiritishga harakat qilamiz. Informatsion urush davom etaversa, juda ko‘p hujjatlar ochiqlanib ketishi mumkin va bu ularga nisbatan juda negativ tarzda bo‘ladigan narsalar" - deydi Anvar Karimov.

Unga ko‘ra, Gollandiyada bu kabi mahkama jarayonlari 5 - 10 yil davom etishi mumkin.

Quyida Anvar Karimov bilan bo‘lgan suhbatni to‘liq eshiting.

Анвар Каримов: Иғволарга нисбатан даъволар киритишга ҳаракат қиламиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:17 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG