Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:06

AQSh razvedkasi: Rossiya Tolibonga ko‘mak bermoqda


Rossiya Afg‘onistondagi Tolibon guruhi bilan aloqalarni mustahkamlab, unga ko‘mak bermoqda.

Bu haqda AQSh razvedka xizmatlarining ismi ochiqlanmasligini istagan mulozimi Associated Press agentligiga ma’lum qilgan.

Mulozimning ta’kidicha, o‘tgan yil Tolibon guruhlari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatini qisqa vaqt ishg‘ol qilishi payti Rossiyaning qo‘llab-quvvatlovi ostida harakat qilgan.

“Ruslar Tolibonga IDga qarshi jang qilish uchun pul va qurol bergan”, - deb aytgan AQSh razvedka hizmatlari mulozimi.

Associated Press agenligi manbasi Moskva Tolibonga ko‘mak berib, o‘z oldiga Qobuldagi amerikaparast hukumatni yakson qilishni maqsad qilib qo‘yganini nazardan qochirmagan.

XS
SM
MD
LG