Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:27

O‘zbekistonda spirtli ichimlik haridorlaridan pasport ko‘rsatish talab etiladi


O‘zbekistonda spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘kon sotuvchilari 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridorlardan yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi kerak.

Bu haqdagi yo‘riqnomani O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan.

Agar yosh ko‘ringan haridorning hujjati bo‘lmasa, unga spirtli mahsulot sotilmasligi shart qilib qo‘yildi.

Shuningdek, spirtli ichimliklar va tamaki maxsulotlarini savdo avtomatlari orqali sotish ham taqiqlandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimlari yoshlarni spirtli ichimlik iste’moli va kashandalikdan himoyalash maqsadida shunday amalga qo‘l urganliklarini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG