Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:11

Saudiya Arabistoni IDga qarshi zarbalar berish uchun harbiy uchoqlarini Turkiyaga joylashtirmoqda


Saudiya Arabistoni o‘z harbiy uchoqlarini Turkiya havo bazasiga joylashtirish va u yerdan “Islomiy davlat” ekstremist guruhi mavqelariga zarbalar berish niyatida.

Turkiyada chiqadigan “Yeni Safak” ro‘znomasi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining aytganlariga asoslanib bu haqda shanba kuni xabar berdi.

Janob Chovusho‘g‘li, Turkiya va Saudiya Arabistoni harbiylari birgalikda “Islomiy davlat”ga qarshi quruqlik amaliyotlarida qatnashishga ham hozir ekanini ta’kidlagan.

Ammo, Turkiya tashqi ishlar vaziri tafsilotlarga to‘xtalmagan.

Turkiyaning Injirlik havo bazasidan AQSh etakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Suriyadagi havo amaliyotlarini amalga oshirishda foydalanib keladi.

Lekin, AQSh prezidenti Barak Obama o‘z mamlakati askarlarini Suriyaga quruqlik amaliyotlariga jalb etish niyati yo‘qligini aytgan.

Turkiya ham Saudiya Arabistoni ham Suriyadagi Bashar Assad rejimiga qarshi kurashayotgan isyonchi guruhlarni dastaklab keladi.

So‘nggi oylarda Suriya hukumati kuchlari Rossiya harbiy aviatsiyasi dastagi bilan shu guruhlarni siquvga olgan edi.

O‘z navbatida Rossiya Suriyadagi har qanday quruqlik amaliyoti tahlikali oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG