Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:42

Toshkentda litsenziyasiz kirakashlarni tutish amaliyoti kuchaytiriladi


O‘zbekiston poytaxtida 15 fevraldan e’tiboran litsenziyaga ega bo‘lmay yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni tutishga qaratilgan reydlar ko‘lami yanada kuchaytiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov jurnalistlarga 13 fevralda shahar hokimiligi binosida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Reydlar Avtomobil va daryo transporti agentligi, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligining yo‘lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti hamkorligida o‘tkaziladi.

Toshkent shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, 47ta maxsus guruhga poytaxtning barcha nuqtalarida litsenziyasiz kirakashlarni tutish va javobgarlikka tortish topshirig‘i berilgan.

“Bir oy muqaddam boshlatilgan amaliyotda hozirga qadar 9200 avtomobil vositasi tekshirildi va 1850 ta qoidabuzarlik va kamchiliklar aniqlandi,” deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

XS
SM
MD
LG