Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:30

Rossiyaliklarning 80 foizi mamlakat iqtisodiy inqirozda deb hisoblaydi


Mustaqil “Levada” markazi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, rossiyaliklarning 80 foizi mamlakatlari hozirda iqtisodiy inqirozda deb hisoblaydi.

Shu hafta chiqarilgan so‘rov natijasidan ma’lum bo‘lishicha, roissiyaliklarning 21 foizi iqtisodiy inqiroz “ko‘p yillar” davom etishiga ishonar ekan.

Unda ishtirok etganlarning 23 foizi esa inqiroz yana kamida ikki yil davom etadi deb hisoblar ekan.

Bo‘hronning kelib chiqishini respondentlarning 47 foizi dunyo bo‘ylab energiya narxlarining tushib ketishi, 33 foizi korrupsiya, 27 foizi G‘arbning Rossiyaga qarshi qo‘llayotgan sanktsiyalari va 26 foizi mudofaa va davlat idoriy tizimlari xarajatlarining “haddan ziyod”ligi bilan izohlashgan.

Bundan tashqari so‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘i inqiroz tufayli oziq-ovqat xarajatlarni qisqartirishga majbur bo‘lganliklarini aytgan.

Respondentlarning 58 foizi esa kundalik xarajatlarini qisqartirganini bildirgan.

O‘tgan yili o‘tkazilgan so‘rovda kundalik xarajatlarni qisqartirishga majbur bo‘lganlar 37 foizni tashkil etgandi.

Respondentlarning 40 foizi umumiy daromadlarining yarmidan ko‘prog‘ini oziq-ovqatga sarflayotganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG