Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:24

BMT: O‘tgan yil Afg‘onistonda zo‘ravonliklar ko‘lami yanada kuchaydi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, 2015 yil davomida Afg‘onistondagi zo‘ravonliklarda 11 mingdan ziyod oddiy fuqaro halok bo‘ldi yoki jarohat oldi.

Bu tashkilot hisobot yurita boshlagan 2009 yildan buyon eng yomon ko‘rsatkichdir.

14 fevral kuni chiqargan hisobotida BMT odddiy fuqarolar orasida o‘lganlar adadi 2014 yilga nisbatan 4 foizga ortib, 3.545 kishini tashkil etganini bildirdi.

Ulardan 25 foizi bolalar va 10 foizi ayollardir.

Hisobotda ta’kidlanishicha, fuqarolar orasida talofotning ortishiga "asosiy sabab" janglar va terror hujumlarining shaharlarda yuz berganidir.

XS
SM
MD
LG