Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:55

Putin va Obama Ukraina va Suriya mojarolarini muhokama qildi


Kreml matbuot xizmatining 14 fevral kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, AQSh tomonining tashabbusi bilan Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar Vladimir Putin va Barak Obama Suriyadagi bo‘hronni bartaraf etish va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildilar.

Xabarda aytilishicha, ikki mamlakat rahbari Suriyadagi inqiroz bo‘yicha Myunxenda 11-12 fevralda bo‘lib o‘tgan yig‘in natijalarini ijobiy baholadi.

Rossiya prezidenti "terrorga qarshi yagona jabha yaratish zarurligiga yana e’tibor qaratdi", deya xabar berdi Kreml ma’muriyati.

Kreml matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Ukraina haqida gapirarkan, Vladimir Putin rasmiy Kievning Minsk shartnomasini bajarish yo‘lida amaliy qadamlar tashlashiga umid bildirdi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, shanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik anjumanida chiqish qilarkan, Putinni Ukrainaga qarshi agressiyada aybladi.

Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, Donbasda hech qanaqa fuqarolar urushi yo‘q, gap Kreml agressiyasi va Moskva inkor etayotgan Rossiya harbiylarining Ukraina huduga joylashib olgani haqida bormoqda.

Poroshenko ham Rossiyani Minsk shartnomasi bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG