Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:56

O‘zbek san’atkorlari #BoburDay heshtegini jahon trendiga aylantirmoqchi


14 fevralda O‘zbekistonda "Avliyo Valentin kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan "Sevishganlar kuni" nomli konsertlar to‘xtatilishi barobarida Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari #BoburDay heshtegini jahon trendiga aylantirish harakatiga tushdilar.

Shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini o‘zbek san’atkorlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ushbu aksiyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar, Twitter faollari #BoburDay heshtegini ishlatgan holda post qoldirishlari mumkin.

Avvalroq xonanda Lola Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazib, #BoburDay heshtegini reklama qilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistondagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida talabayu o‘quvchilar "Avliyo Valintin kuni"ni nishonlashning oqibatlaridan ogohlantirilmoqda.

So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik yoshlar orasida "Avliyo Valentin kuni"ni nishonlash ananaga aylandi.

Bundan o‘n yetti asr muqaddam qadimgi rimliklarning majusiy bayramlaridan biri bo‘lgan bu bayram “ma’naviy sevgi” ifodasi o‘laroq har yili 14 fevral kuni nishonlanib kelinadi.

XS
SM
MD
LG