Линклар

Yozuvchilar uyushmasidan muxolifatchi shoir Muhammad Solihning yoki Karimovning ashaddiy tanqidchisi, shoir Yusuf Jumaning chiqarganlarini tushunish-tushuntirish mumkin. Lekin O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronda nima ayb? Uni nega haydashdi? Bu savolni uyushmadan haydalgan yana bir yozuvchi O‘ktam Hakimaliga berdik.

OzodNazarning bugungi mehmoni o‘zi haqda ziyouz.uz sayti bergan quyidagi ma’lumotni tasdiqladi:

O‘ktam Hakimali (Hakimaliev) 1939 yili Toshkent viloyatining Nomdanak qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik bo‘limini tamomlagan (1965). Uning ilk qissasi «Kichik xonadon» nomi bilan 1976 yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan. Uning «Hademay bahor keladi» (1977), «Navbahor» (1980), «Poklikdan keyingi umr» (2007), «Noma’lum qush» (2008), «Hasrat» (2003) kabi asarlari chop etilgan.

XS
SM
MD
LG