Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:29

G‘arbda Valentin Day, O‘zbekistonda esa Bobur Day nishonlanmoqda


14 fevral tushlikdan keyin Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari #BoburDay heshtegini jahon trendiga aylantirish harakatiga tushdilar.

Ushbu aksiyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar, Twitter faollari #BoburDay heshtegini ishlatgan holda post qoldirishlari mumkin.

Ushbu aksiya O‘zbekistonda "Avliyo Valentin kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan "Sevishganlar kuni" nomli konsertlarning to‘xtatilishi ortidan kuzatilmoqda.

Shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini o‘zbek san’atkorlari ham qo‘llab-quvvatlay boshlashgan.

Bir kun muqaddam o‘zbekistonlik taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva Bobur tavalludi munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazib, #BoburDay heshtegini reklama qilgan edi.

Avvalroq O‘zbekistondagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida talabayu o‘quvchilar "Avliyo Valintin kuni"ni nishonlashning oqibatlaridan ogohlantirilgan.

Bundan o‘n yetti asr muqaddam qadimgi rimliklarning bayramlaridan biri bo‘lgan bu bayram, “ma’naviy sevgi” ifodasi o‘laroq, har yili 14 fevral kuni nishonlanadi.

Asosan g‘arb yoshlari bayram qiladigan “Avliyo Valentin kuni” – “Sevishganlar kuni” mustaqillik yillarida o‘zbekistonlik yoshlar uchun ham urfga aylandi.

2012 yildan boshlab O‘zbekistonda "Avliyo Valentin kuni" norasmiy tarzda taqiqlab qo‘yilgan.

Aynan o‘sha yili "Avliyo Valentin kuni"ga bag‘ishlangan tadbir va konsertlar bekor qilingan edi.

2012 yilning yanvarida Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan tayyorlangan “14 fevral Sevishganlar kuni emas” nomli maxsus targ‘ibot bukleti talabalar orasida tarqatilgan edi.

XS
SM
MD
LG