Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:39

YeXHT: Ukraina sharqidagi vaziyat yana og‘irlasha boshladi


YeXHTning bildirishicha, Ukraina sharqida rossiyaparast ayrimachilar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi otishmalar yana kuchaya boshladi hamda mintaqada og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelgan.

Tashkilot Bosh kotibi Lamberto Zannyening Myunxenda o‘tgan xavfsizlik bo‘iycha xalqaro anjumanda aytishicha, urushayotgan tomonlar og‘ir harbiy texnikani front chizig‘iga qayta olib kelgan, rossiyaparastlar esa tunda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Lamberto Zannye Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish yuzasidan imzolangan sulh bitimi kutilgan natijalarni bermayotganidan afsus bildirdi.

Ukraina sharqida 2014 yil aprelida boshlangan jangovar harakatlarda shu kungacha 9 ming odam halok bo‘lgan. Mazkur hududda janglarni to‘xtatish bitimi urushayotgan tomonlar o‘rtasida o‘tgan yilning fevral oyida Minskda imzolangan edi.

Lamberto Zannye Myunxen anjumanida so‘zlagan nutqi davomida: “Afsuski, bu konflikt haligacha bartaraf etilgani yo‘q. U yerda shu kungacha harbiy harakatlar davom etmoqda, ayniqsa ayrimachilar harbiy faollik ko‘rsatmoqda”, deb aytgan.

YeXHT Bosh kotibi tashkilotning qurollanmagan 700 nafar kuzatuvchisi uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar yordamida Ukraina sharqidagi otishmalarda raketalar va gaubitsalar ishlatilayotganini aniqlaganlarini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG