Линклар

O‘zbekistonda Rossiya tarkibidagi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahridan vataniga qaytgan mehnat muhojirlari IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda TASS 12 fevral kuni Rossiya strategik tadqiqotlar institutining Ural regional axborot-tahliliy markazi rahbari Dmitriy Popovga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Qozondan O‘zbekistonga qaytgan olti nafar farg‘onalik migrant qo‘lga olingan. Popov IShIDga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar soni bir necha yuz kishiga yaqinlab qolganini aytgan.

Avvalroq Ozodlik radiosi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yekaterinburg shahrida “Islomiy davlat” ekstremist tashkilotining yetti a’zosi qo‘lga olinganini xabar qilgandi.

9 fevral kuni Ozodlik o‘z manbalariga tayangan holda Farg‘ona viloyati So‘x tumanida o‘nlab yoshlar, jumladan, Qozondan mehnat muhojirligidan qaytgan 6 yigit qamoqqa olingani to‘g‘risida bildirgan edi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda xorijdan borayotgan fuqarolarning so‘roqqa tutilayotgan, hibsga olinayotgani haqida ma’lumotlar ko‘paymoqda.

Xususan, 2015 yilning oktyabr va noyabr oylarida Toshkent viloyati hamda shahrida 200dan ortiq odamning hibsga olingani inson huquqlari faollari tomonidan xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG