Линклар

logo-print

Bugun Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda o‘tadigan uchrashuvida Belarusga nisbatan joriy etilgan qator sanksiyalar bekor qilinishi kutilmoqda. Xabarlarga qaraganda, Belarusga qurol sotishga joriy etilgan sanksiya o‘z kuchida qolishi mumkin.

Belarusdan sanksiyalarning olib tashlanishi iliqlik davri boshlanayotganini anglatadi. O‘tgan yilning oktyabrida Belarusga nisbatan ayrim sanksiyalar to‘rt oyga to‘xtatib qo‘yilgan edi. Mazkur sanksiyalar 2004 yilda Belarusda muxolifatchilarga nisbatan bosimlar ko‘chayganidan so‘ng joriy etilgan edi.

O‘tgan yilning avgustida prezident Aleksandr Lukashenkaga muxolifatda bo‘lgani uchun qamalgan muxolifatchilar muddatidan oldin qamoqdan bo‘shatilgani Yevropa Ittifoqi tomonidan olqishlangan edi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Lukashenkaning Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘nalishidagi harakatlarini yuqori baholagan.

XS
SM
MD
LG