Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:29

Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir pichoqlab ketildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Mejdunarodnaya” metro bekatida o‘zbekistonlik migrant pichoqlab ketildi.

“Fontanka.ru” nashrining shanba kuni xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarosi shahar kasalxonalarining biridagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Peterburg politsiyasi migrantni pichqolab ketgan shaxsni qidirilayotir.

Xabarda aytilishicha, qorni va oyog‘iga bir necha marotaba pichoq sanchilgan o‘zbekistonlik muhojirni odamlar metro bekatiga kirish joyida ko‘rib qolishgan va tez yordam chaqirishgan. 26 yoshli o‘zbekistonlik 13 fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 23da kasalxonaga olib kelingan

Muhojirning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG