Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:26

Medvedev: Assad tinchlik o‘rnata olmaguncha Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari to‘xtamaydi


Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskvaning Suriyadagi harbiy harakatlari prezident Bashar Assad tinchlik o‘rnata olish imkoniga ega bo‘lmaguncha to‘xtatilmasligini bayon qildi.

Medvedev bu fikrlarni Time jurnali 15 fevral kuni e’lon qilgan eksklyuziv intervyuda ilgari surdi.

U shuningdek, “qo‘lida avtomatlar bilan yugurib yurgan” aksilhukumat isyonchilar Rossiya havo hujumlariga haqli ravishda nishon bo‘lmoqda, deya qo‘shimcha qildi. “Ularning hammasi bandit va terrorchidir”, dedi Medvedev.

Rossiya bosh vaziri tinchlikka erishishning yagona yo‘li Assadning “kelishuvga erisha olishi mumkin bo‘lgan” isyonchi kuchlar bilan muzokara stoliga o‘tirishidir, deya ta’kidladi. Lekin, dedi u, muzokarada qatnashishi mumkin o‘lgan “odamlar ro‘yxatini belgilab olish kerak”.

Tinchlik o‘rnatish jarayoni Assadning kelajakdagi rolini ham o‘z ichiga olishi kerak, “aks holda bu g‘alati bo‘lar edi”, deya ta’kidladi Medvedev.

U shuningdek, Rossiya hech qachon sanksiyalarni bekor qilishni so‘rab, G‘arbga murojaat qilmaydi, deya ta’kidladi. G‘arb sanksiyalari Rossiya Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilgani va sharqiy Ukrainada rossiyaparast ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlagani ortidan joriy etilgan.

XS
SM
MD
LG